O'zbekiston yangiliklari
Tadbirlar kalendari
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
Yutuqlar tarixi
“Peng Sheng” qo'shma korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 24 iyundagi PQ-1139-sonli qaroriga asosan Xitoy davlati bilan xamkorlikda tashkil etilgan
“Peng Sheng” qo'shma korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 24 iyundagi PQ-1139-sonli qaroriga asosan Xitoy davlati bilan xamkorlikda tashkil etilgan bo'lib, viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan 2009 yil 28 martda ustav fondi 3,5 mln. AQSh dollariga teng «Peng-Sheng» O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonasi ro'yxatdan o'tgan. Korxonaning ta'sischilari Xitoyning «Wenzhou Jinsheng trade Co. LTD» kompaniyasi (50%) hamda O'zbekiston-Xitoy «Sinlong» QK (50%).
Korxonaga 36,2 gektar er maydoni Sirdaryo tumani Haqiqat SFU ajratilgan.
«Peng- Sheng» O'zbekiston-Xitoy QK asosiy faoliyat turlari quyidagilar:
- keramik plitkani ishlab chiqarish;
- qora mol terisini qayta ishlash;
- charm poyabzal ishlab chiqarish.
Yuqorida ta'kidlab o'tilgan loyihalarni amalga oshirish uchun umumiy qiymati 26,0 mln. dollar ziyod miqdorda investitsiyalar o'zlashtirilgan.
Ushbu loyihalarning yillik ishlab chiqarish quvvati 4 mln. kv.metr keramik plitkalar, 600 ming dona qora mol terisi hamda
300 ming juft poyabzal tashkil etadi.
Korxona 2010 yilning oxirlarida keramika plitkalarini ishlab chiqarish yulga qo'yildi.
Shu bilan birga «Peng-Sheng» O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonasi negizida 2 ta xorijiy korxona va 4 qo'shma korxonalar («Peng Sheng Shoes» XK, «Peng Sheng Charm» XK, «Pengzhong Xingshen» QK, "AWP" QK, «Peng Sheng Casing» QK, «Peng Sheng Feed» QK, ) tashkil etildi. Shu jumladan:
- «Peng Sheng Shoes» XK viloyat Adliya boshqarmasidan 2010 yil
28 iyunda ro'yxatdan o'tgan. Korxonaning umumiy ustav fondi 150 ming dollarni tashkil etadi. Korxona ta'sischilari: Hitoyning "Wenzhou Jinsheng trade Co. LTD" kompaniyasi (20%), Xitoy fuqarosi Tszya Silin (40%) hamda Xitoy fuqarosi Vang Tsunsing (40%). Korxonada yiliga
300 ming juft poyabzal ishlab chiqarishga mo'ljallangan.
«Peng Sheng Shoes» XK negizda yiliga 300 ming juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga mo'ljallangan.
- «Peng Sheng Charm» XK viloyat Adliya boshqarmasidan
2010 yil 28 iyunda ro'yxatdan o'tgan. Korxonaning umumiy ustav fondi
150 ming dollarni tashkil etadi. Korxona ta'sischilari: Hitoyning "Wenzhou Jinsheng trade Co. LTD" kompaniyasi (20%), Xitoy fuqarosi Zang Xiudong (40%) hamda Xitoy fuqarosi Tszi Tsyuxay (40%). Korxonada yiliga 600,0 ming dona qora mol terisi qayta ishlashga mo'ljallangan.
«Peng Sheng Charm» XK 2014 yil yakunlari bo'yicha umumiy qiymati 18783,6 ming dollarga teng mahsulotlar ekport operatsiyasini amalga oshirgan hamda 1683,7 ming dollarga teng import qilgan.
- «Pengzhong Xingshen» QK viloyat Adliya boshqarmasidan
2012 yil 05 dekabrda ro'yxatdan o'tgan. Korxonaning umumiy ustav fondi 3160,0 ming dollarni tashkil etadi. Korxona ta'sischilari: O'zbekiston-Xitoy «Peng Sheng» QK (50%) va Xitoyning «ZTE limited» korxonasi (50%). Korxona uyali aloqa vositalarini (telefon) ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan bo'lib, yillik ishlab chiqarish quvvati 100,0 ming dona.
- «AWP» QK viloyat Adliya boshqarmasidan 2013 yil 20 aprelda ro'yxatdan o'tgan. Korxonaning umumiy ustav fondi 3750,0 ming dollarni tashkil etadi. Korxona ta'sischilari: O'zbekiston-Xitoy «Peng Sheng» QK (17%), OAJ "Olmalik konmetallurgiya kombinati" (50%) va Hitoyning "Wenzhou Jinsheng trade Co. LTD" kompaniyasi (50%). Korxona santexnika jihozlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo'lib, yillik ishlab chiqarish quvvati 1,2 mln. dona to'rli hil santexnika jixozlarini tashkil etadi.
- «Peng Sheng Casing» QK viloyat Adliya boshqarmasidan
2013 yil 20 aprelda ro'yxatdan o'tgan. Korxonaning umumiy ustav fondi 1400,0 ming dollarni tashkil etadi. Korxona ta'sischilari: O'zbekiston-Xitoy «Peng Sheng» QK (50%) va Hitoyning "Wenzhou Jinsheng trade Co. LTD" kompaniyasi (50%). Korxona qora mol ichagini qayta ishlashga ixtisoslashgan bo'lib, yillik ishlab chiqarish quvvati 600,0 ming dona qora mol ichagtni qayta ishlash.
- «Peng Sheng Feed» QK viloyat Adliya boshqarmasidan
2013 yil 20 aprelda ro'yxatdan o'tgan. Korxonaning umumiy ustav fondi 1000,0 ming dollarni tashkil etadi. Korxona ta'sischilari: O'zbekiston-Xitoy «Peng Sheng» QK (50%) va Hitoyning "Wenzhou Jinsheng trade Co. LTD" kompaniyasi (50%). Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1000 tonna uy xayvonlari uchun ozuqa em ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan.
Hozirgi kunda yuqorida qayd etilagan korxonalarda 800 ziyod ishchi xodimlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Muvaffaqiyat
hikoyalari
Yutuqlar tarixi
“Peng Sheng” qo'shma korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 24 iyundagi PQ-1139-sonli qaroriga asosan Xitoy davlati bilan xamkorlikda tashkil etilgan
Investitsiya
loyihalari
Investitsiya loyihalari samaralari
O'zbekiston Milliy matbuot markazida “O'zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni tomonidan farmatsevtika sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va istiqboldagi vazifalarga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.
Amalga oshirilgan
loyihalar
Barqarorlikni ta’minlash yo‘lida
Aholi o'rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga qiziqish tobora ortib bormoqda. Toshkent shahrida joriy yilning o'tgan davrida 3700 dan ortiq yangi tadbirkorlik subyektining ro'yxatga olingani buning dalilidir. Ayni vaqtda ularning oldidagi mavjud to'siq va g'ovlarni bartaraf etish korxonalar faoliyati barqarorligini ta'minlash va yanada rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.
Foto lavhalar