O'zbekiston yangiliklari
Tadbirlar kalendari
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
ASOSIY YO‘NALISHLAR
Viloyatning mavjud resurslari va ishlab chiqarish salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta'minlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli yuqori qo'shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yuqori texnologiyali korxonalarni tashkil etish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning barqaror o'sishi uchun qulay sharoitlar yaratish;oziq-ovqat sanoatida, jumladan meva-sabzavot, qandolatchilik va go'sht-sut sanoatida, tegishli ravishda ularning rivojlanishini ta'minlash uchun zarur xom ashyo va ozuqa bazasini kengaytirish orqali yangi zamonaviy qayta ishlash korxonalarini tashkil etish; birinchi navbatda xom ashyoni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan zamonaviy to'qimachilik, jumladan tayyor tikuv-trikotaj va paypoq mahsulotlari hamda charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish; keng turdagi raqobatbardoshli elektrotexnika sanoati va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni jadal rivojlantirish; qurilish materiallari sanoatida, birinchi navbatda, mahalliy xom ashyo negizida zamonaviy devorbop, pardozlash va boshqa turdagi energiyani tejovchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish; magistral avtomobil yo'llari bo'yida yo'lovchilarga xizmat ko'rsatuvchi zamonaviy servis ob'ektlarini barpo qilish, ularda ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, viloyatda ekoturizm zonalarini, Sirdaryo va mavjud suv havzalari bo'yida aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun zamonaviy dam olish maskanlarini tashkil etish.
Muvaffaqiyat
hikoyalari
Yutuqlar tarixi
“Peng Sheng” qo'shma korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 24 iyundagi PQ-1139-sonli qaroriga asosan Xitoy davlati bilan xamkorlikda tashkil etilgan
Investitsiya
loyihalari
Investitsiya loyihalari samaralari
O'zbekiston Milliy matbuot markazida “O'zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni tomonidan farmatsevtika sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va istiqboldagi vazifalarga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.
Amalga oshirilgan
loyihalar
Barqarorlikni ta’minlash yo‘lida
Aholi o'rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga qiziqish tobora ortib bormoqda. Toshkent shahrida joriy yilning o'tgan davrida 3700 dan ortiq yangi tadbirkorlik subyektining ro'yxatga olingani buning dalilidir. Ayni vaqtda ularning oldidagi mavjud to'siq va g'ovlarni bartaraf etish korxonalar faoliyati barqarorligini ta'minlash va yanada rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.
Foto lavhalar