O'zbekiston yangiliklari

Tadbirlar kalendari

Tadbirlar

Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
Barcha tadbirlar

Sirdaryo viloyati hududiy loyihalari

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi PQ-2264-sonli qarorining 5–bandiga muvofiq, Sirdaryo viloyatining «2015 yilgi Hududiy investitsiya dasturi» ishlab chiqildi. Ushbu Dasturga asosan umumiy qiymati 34,7 mln. dollarlik 21 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo'lib, shundan moliyalashtirish manbaalariga ko'ra:

- 4,3 mln. dollar ekvivalentida loyiha tashabbuskorlarining o'z mablag'lari;
- 28,1 mln. dollar to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar;
- 2,3 mln. dollar ekvivalentida mahalliy kreditlar hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
    Ushbu dasturni amalga oshirish natijasida barcha loyihalar hisobiga 915,6 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqarilishi shundan, 11,8 mln. dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirishi va 1193 yangi ish o'rinlari yaratilishi ko'zda tutilgan.
    2015 yil Viloyat hududiy investitsiya dasturining tahlili quyidagilarni ko'rsatmoqda:
1. Viloyatning Tuman va shaharlar kesimida loyihalar soni quyidagicha taqsimlangan: Guliston shahri (3), Sirdaryo tumani 6 loyixa, Oqoltin, Boyovut tumanlari va Yangiyer shahrida 2 tadan loyiha qolgan hududlarda esa – Shirin shahri, Guliston Mirzaobod, Sardoba, Sayxunobod va Xovos tumanlarida faqatgina 1 tadan investitsiya loyihalari amalga oshirish rejalashtirilgan.
2. Hududiy investitsiya dasturi loyihalarining sohalar kesimidagi taqsimoti shuni ko'rsatadiki, ularning asosiy hajmi ko'yidagi sohalarga to'g'ri kelmoqda, shu jumladan:
- engil sanoatda (tayyor trikotaj maxsulotlari, trikotaj mato, ip kalava, gilam,) - 7 loyiha (10,6 mln. doll. 30,6 %);
- qishloq xo'jaligi sohasida (sovutkichli kamera va meva-zabzovotlarni qayta ishlash) – 5 ta loyiha (6,4 mln. doll 18,4 %);
- parrandachilik va chorvachilik tarmog'ida (nasillik qora mollar ko'paytirish, qora mol go'shti, parranda go'shti, nasillik tovuq tuxumi va jo'jasi, tuxum) – 3 ta loyiha (kiymati 3,8 mln. doll. bo'lib Xududiy investitsiyadagi ulushi 10,9 %);
- qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasida (keramik plitkalar) - 2 loyiha (6,6 mln.doll. 19,0 %);
- neftkimyo sanoati (polimerlar uchun kaltsit qorishmalar) 1 loyiha (1,0 mln doll. 2,9%);
- mashinasozlik (yuk tashish va ortish mashinalari) 1 loyixa
(5 mln.doll. 14,4%);
- farmatsevtika (bir marotaba ishlatiladigan shpritslar) – 1 loyiha (1,0 mln. doll. 2,9%);
- charm-poyabzal ( oshlangan teri, poyafzal assortimenti) 1 loyiha (300 ming. doll 0,9 %).

 

1. Sirdaryo viloyatini 2015 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yhati. 

2. Sirdaryo viloyatini 2013-2016 yillarda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 2015 yilda sanoat yo‘nalishida amalga oshirilishi taklif etilayotgan loyihalarning manzilli dasturi. 

3. Sirdaryo viloyatini 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining xizmat ko‘rsatish va servis sohasida amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yhati         

 

 

 

 

Muvaffaqiyat
hikoyalari

Barcha maqolalar

Investitsiya
loyihalari

Barcha maqolalar

Amalga oshirilgan
loyihalar

Barcha maqolalar

Foto lavhalar