O'zbekiston yangiliklari

Tadbirlar kalendari

Tadbirlar

Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
Barcha tadbirlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali menejment tizimini sertifikatlashtirish uchun ariza yuborish va sertifikat olish

2015-03-11

Tadbirkorlik subyektlari uchun qo'shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratish maqsadida, «O'zstandart» Agentligi tomonidan yangi «Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali menejment tizimini sertifikatlashtirish uchun ariza yuborish va sertifikat olish» xizmati ishga tushirildi.

Bu xizmatning afzalligi, foydalanuvchi Yagona portalda ro'yxatdan o'tib, menejment tizimini sertifikatlashtirish bo'yicha tashkilot - «O'zstandart» Agentligining O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutiga (SMSITI) ariza yuborishi va sertifikat olishi mumkin.

Menejment tizimi sertifikatini olish jarayoni 2 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda ariza beruvchi elektron shakldagi arizani to'ldiradi va 3 kun ichida tegishli shartnoma loyihasini oladi. Ikkinchi bosqichda ariza beruvchi imzolangan shartnomaga asosan to'lovni amalga oshirishi bilan birgalikda menejment tizimini sertifikatlash organi tomonidan
audit o'tkazilgandan so'ng menejment tizimi sertifikatini qo'lga kiritadi.

Yangi xizmatlar taklif eting. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yangiliklarni kuzatib boring!


Muvaffaqiyat
hikoyalari

Barcha maqolalar

Investitsiya
loyihalari

Barcha maqolalar

Amalga oshirilgan
loyihalar

Barcha maqolalar

Foto lavhalar