O'zbekiston yangiliklari
Tadbirlar kalendari
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
Sport va turizm
Sog'lom va barkamol avlod tarbiyasi yo'lida maqsadli va tizimli ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda viloyatda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan 153,5 ming nafar yoshlarni 84,5 ming nafari sport bilan, shundan 30,4 ming nafari muntazam sport bilan shug'ullanib kelmoqda.
Viloyatdagi 299 ta o'rta maktablarida 115,7 ming nafar o'quvchilar (shundan 56,7 ming nafari qizlar) ta'lim olishib, ularga 719 nafar jismoniy tarbiya o'qituvchilari dars o'tmoqda. Bundan tashqari, 19 ta bolalar va o'smirlar sport maktablari faoliyat ko'rsatishi yosh avlodni har tomonlama sog'lom voyaga etishida muhim omil sifatida xizmat qilmoqda.
Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan 2015 yil mobaynida 2 ta bolalar sport zallari qurilishi uchun 1173,8,3 mln.so'm rejalashtirilgan bo'lib, joriy yilning 1 sentyabr holatiga 666,7 mln.so'm mablag' sarflandi.
Viloyat sportchilari tomonidan turli sport musobaqalarida jami 432 medallar, shundan, 187 ta oltin, 118 ta kumush, 127 ta bronza medallari qo'lga kiritilgan.
Shundan, Jahon chempionati 11 ta, Osiyo chempionati 7 ta, Halqaro chempionatlar 42 ta, O'zbekiston chempionatlarida 372 ta medal sohiblari hisoblanadi.
Jumladan, To'ychiboev Rustam (an'anaviy taekvando (ITF) Italiya 1 o'rin), Xakimjonov Islombek (tosh ko'tarish 3 o'rin Frantsiya), Berdiqulova Vasfiya (shashka Tayland 1 o'rin), Sarvinoz Qurbonb aeva (shaxmat 3 o'rin BAA), Axmedov Umidjon (armrestling Polьsha 1 o'rin), Jabborov Otabek (armrestling Yaponiya 1 o'rin), Tojiboev Nuriddin (belbog'li kurash Rossiya 2 o'rin), Egamberdiev Kamoliddin (belbog'li kurash Tojikiston 2 o'rin) qo'lga kiritgan.
Viloyat bo'yicha voyaga yetmagan 6 yoshdan-17 yoshgacha bo'lgan o'quvchi-yoshlarning soni, jami 112 752 nafardan ortiq, 42684 nafar o'quvchilar darslardan tashqari sport sektsiyalariga jalb qilingan. Bu ko'rsatgich 37,9 % ni tashkil etadi. Barcha shahar va tumanlarda sport tugaraklari ochilib, faoliyati yo'lga qo'yilgan. Mahallalarda jismoniy tarbiya sog'lomlashtirish komplekslari tashkil etish, “Xar maxallaga 1 tadan sport majmuasi" dasturini bajarish maqsadida viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, “Maxalla" hayriya jamg'armasi, “Bolalar sportini rivojlantirish" jamg'armasi viloyat bo'limi va boshqa sportga aloqador tashkilotlar bilan hamkorlikda qaysi idoraga qarashligidan qat'iy nazar mahallalarda joylashgan sport inshootlari, sport maydonlaridan samarali foydalanish, aholi (yoshlar)ni keng qatlamlarini ushbu sport maydonlariga jalb etish yuzasidan ishlar olib borildi. Joriy yilning sentyabr holatiga 3 ta sport maydonchalari ta'mirdan chiqarildi 2 ta bolalar maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Oliy o'quv yurtida 3032 talabadan 1940 nafari jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanadi, aniqrog'i jismoniy tarbiya darslarida qatnashadi hamda shulardan 570 nafar talabalar darsdan tashqari sport sektsiyalariga ommaviy jalb etilgan. Bu ko'rsatkich 25,2% foizni tashkil etadi.
Sirdaryo viloyatida Madaniyat va sport ishlari boshqarmasining sport tadbirlari uchun 2013 yilda 9 oy davomida mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan 93552 (to'qson uch million besh yuz ellik ikk) so'm miqdorida moliyalashtirildi va maqsadli sarf qilindi. Homiylar hisobidan sportchilarning o'quv mashg'ulot yig'inlarida, Respublika, Halqaro musaboqalarida ishtirok etishlari va boshqa sport tadbirlari uchun 34776 (o'ttiz to'rt million yetti yuz yetmish olti ming) so'm harajat qilindi.
2013 yil 9 oy davomida 11 nafar 3-daraja, 13 nafar 2-daraja, 92 nafar 1-darajali, 51 nafar sport ustaligiga nomzod va 2 ta Halqaro toifadagi sport ustalari tayyorlandi. Shuningdek, 29 nafar murabbiyga birinchi toifali, 11 nafar murabbiyga ikkinchi toifalar berildi hamda 12 nafar murabbiy va sportchilarning sport darajalari qayta yangilandi.
Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda ommaviy sport tadbirlarini o'tkazish bo'yicha qo'shimcha tadbirlar ishlab chiqarildi.
Viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi Sog'liqni saqlash boshqarmasi bilan hakorlikda sportchilarni muntazam tibbiy ko'rikdan o'tkazib turish, viloyat terma jamoalarini har bir musabaqaga jo'natish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tkazish va musobaqalardan so'ng tiklanish tavsiyanomalarini berish bo'yicha zaruriy ishlar olib borilmoqda
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston sportchilarini 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da bo'lib o'tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o'yinlariga O'zbekistonlik sportchilarning tayyorgarligi to'g'risida" 2013 yil 25 fevraldagi PQ-1923-sonli qarori ijrosini ta'minlash to'g'risida 2013 yil 9 martda Sirdaryo viloyati hokimining 71-sonli qarori qabul qilindi va ushbu qarorga asosan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Muvaffaqiyat
hikoyalari
Yutuqlar tarixi
“Peng Sheng” qo'shma korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 24 iyundagi PQ-1139-sonli qaroriga asosan Xitoy davlati bilan xamkorlikda tashkil etilgan
Investitsiya
loyihalari
Investitsiya loyihalari samaralari
O'zbekiston Milliy matbuot markazida “O'zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni tomonidan farmatsevtika sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va istiqboldagi vazifalarga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.
Amalga oshirilgan
loyihalar
Barqarorlikni ta’minlash yo‘lida
Aholi o'rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga qiziqish tobora ortib bormoqda. Toshkent shahrida joriy yilning o'tgan davrida 3700 dan ortiq yangi tadbirkorlik subyektining ro'yxatga olingani buning dalilidir. Ayni vaqtda ularning oldidagi mavjud to'siq va g'ovlarni bartaraf etish korxonalar faoliyati barqarorligini ta'minlash va yanada rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.
Foto lavhalar