O'zbekiston yangiliklari

Tadbirlar kalendari

Tadbirlar

Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
Barcha tadbirlar

Xalqaro aloqalar

Hamkor davlatlar to'g'risida ma'lumot

2015 yil I-yarim yillik yakuni bo'yicha Sirdaryo viloyatida 66 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar ro'yxatdan o'tganligi qayd etilgan, shulardan 40 ta qo'shma korxonalar, 25 ta xorijiy korxonalar hamda 1 ta shu'ba korxona.
Shu jumladan: Sirdaryo tumanida (26 ta), Guliston shahrida (20 ta), Sayxunobod tumanida (5 ta), Boyovut, Mirzaobod, Oqoltin tumanlarida hamda Yangier shahrida (3 tadan), Sardoba, Xovos tumanlarida va Shirin shahrida (1 tadan) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tuman va shaharlar kesmida qayd etildi.
Ushbu korxonalarni tashkil etilishida qo'yidagi davlatlarning investorlari o'z hissalarini qo'shgan, shu jumladan: Rossiya Federatsiyasi - 15 ta (22,7%), Xitoy Xalk Respublikasi - 17 ta (25,8%), Buyuk Britaniya - 7 ta (10,6%), Turkiya - 6 ta (9,1%), Birlashgan Arab Amirligi - 5 ta (7,6%), Pokiston - 3 ta (4,5%), Qozog'izton – 3 ta (4,5%), Germaniya - 2 ta (3,0%) hamda viloyatda Azarbayjon, Tojikiston, Janubiy Koreya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Belgiya, Litva, Polsha va Italiya, investorlari ishtirokida 1 tadan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona tashkil etilgan.

Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlariga ixtisoslashgan: engil sanoat tarmog'ida – 15 ta (22,7%); qishloq xo'jaligi - 9 ta (13,7%), Savdo sohasida – 5 ta (7,6%), Xizmat ko'rsatish sohasida – 4 ta (6,1%), mashinasozlik - 5 ta (7,6%), charmpoyafzal - 3 ta (4,5%), oziq-ovqat - 6 ta (9,1%), qurilish - 5 ta (7,6%), farmatsevtika - 3 ta (4,5%), neftkimyo - 3 ta (4,5%), Parrandachilikva chorvachilik sohalarida – 4 ta (6,1%), yog'ochni qayta ishlash va qog'oz sanoati - 2 ta (3,0 %), iqtisodiyotning boshqa sohalarida – 2 ta (3,0%). Shu bilan birga elektrotexnika va sanfanyans sohalarida 1 tadan korxona tashkil etilgan. Shuni ta'kidlash joizki viloyatda ro'yxatdan o'tgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning qarib 42,5% engil va qishloq xo'jaligi soxalarga to'g'ri kelmoqda.Hisobot davrida viloyatda 7 ta yangi “Sirdarinskiy bereg" QK (Buyukbritaniya), "RED PACK" XK (Qozog'iston), "EXPLORER STAR" QK (Qozog'iston), "ASIA CARPET DESIGN" QK (Turkiya), "ILHOMBEK PHARM MEDICAL" XK (Tojikiston), "TUNNEL CONSTRUCTION AND PROJECT" XK (Azarbajon), "GULISTAN BINGYU TEXTILE" XK (Xitoy) tashkil etilib va ularning e'lon qilingan ustav fondi 1528,1 ming dollarga teng.

 

Muvaffaqiyat
hikoyalari

Barcha maqolalar

Investitsiya
loyihalari

Barcha maqolalar

Amalga oshirilgan
loyihalar

Barcha maqolalar

Foto lavhalar