O'zbekiston yangiliklari
Tadbirlar kalendari
| Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
Yutuqlar tarixi
Sirdaryo viloyatini “2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi” doirasida 2015 yil uchun 425,9 mlrd. so'mlik hamda 6,0 mln. dollarlik 1592 ta loyihalarni amalga oshirish va 21074 ta ish o'rinlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Jumladan, sanoat yo'nalishida qiymati 302,9 mlrd. so'mlik hamda
6,0 mln. dollarlik 248 ta loyiha (8343 ta ish o'rni), xizmat ko'rsatish va servis sohasida 63,0 mlrd. so'mlik 1063 ta loyiha (3612 ta ish o'rni), qishloq ho'jaligi sohasida 60,0 mlrd. so'mlik 281 ta loyiha, 9119 ta ish o'rni tashkil etish rejalashtirilgan.
Joriy yilning 1-yarim yilligida jami 85,5 mlrd so'mlik 944 ta loyixani amalga oshirish natijasida 3868 ta ish o'rni yaratish rejalashtirilgan bo'lib amalda qiymati 66,9 mlrd. so'mlik 988 ta loyiha amalga oshirilib, ushbu korxonalarda jami 3990 ta ish o'rinlari tashkil etildi.
Shundan sanoat yo'nalishida qiymati 39,6 mlrd. so'mlik 97 ta loyiha (1564 ta ish o'rni), xizmat ko'rsatish va servis sohasida 19,9 mlrd. so'mlik 711 ta loyiha (1838 ta ish o'rni), qishloq ho'jaligi sohasida 7,4 mlrd. so'mlik 180 ta loyiha (588 ta ish o'rni) tashkil etildi.
1-yarim yillikda tijorat banklari tomonidan 47,9 mlrd so'm kredit mablag'i ajratilishi rejalashtirilgan bo'lib amalda 28,2 mlrd so'm yoki
59,0 foiz kredit mablag'i ajratildi.
2-yarim yillikda sanoat soxasida amalga oshiriladigan 151 ta loyihalarga jami 263,2 mlrd. so'm shundan tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladigan mablag' 154,2 mlrd. so'mni tashkil etadi.
Shundan 3-chorakda 39,9 mlrd so'mlik 33 ta loyixa va 4-chorakda 223,3 mlrd so'mlik loyixalar amalga oshiriladi.
Hisob kitoblarga ko'ra joriy yil yakuniga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan 248 ta loyixadan 219 tasida 48,9 mlrd so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilib, qolgan 29 ta loyixa esa yil yakuniga qadar ishga tushirilib kelgusi 2016 yildan boshlab mahsulot hajmi berilishi kutilmoqda.
Shundan viloyat bo'yicha joriy yil 9-oyida 128 ta korxonalar tomonidan jami 43,3 mlrd so'mlik hamda yil yakuniga qadar 91 ta korxonalarda 5,6 mlrd so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari hududlarda dasturga kiritilmagan 11 ta yangi loyixalar aniqlanib ular tomonidan 10,0 mlrd so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi ko'zda tutilgan.
Joriy yilning 9 oyligi va yil yakuniga kelib, mavjud korxonalarning ishlab chikarish kuvvatlarini oshirish hamda yangidan tashkil etiladigan 230 ta korxonalarda 58,9 mlrd. so'mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqarish hisob kitob qilinmoqda.
Buni tuman va shaxar kesimida taxlil kilsak quyidagicha:
Guliston shahrida 40 ta korxonada yil yakunida 39,3 mlrd. so'mlik;
Shirin shahrida 21 ta korxonada yil yakunida 422,0 mln. so'mlik;
Yangier shahrida 26 ta korxonada yil yakunida 924,0 mln. so'mlik;
Boyovut tumanida 33 ta korxonada yil yakunida 3,8 mlrd. so'mlik;
Guliston tumanida 17 ta korxonada yil yakunida 7,0 mlrd. so'mlik;
Mirzaobod tumanida 12 ta korxonada yil yakunida 2,6 mlrd. so'mlik;
Oqoltin tumanida 12 ta korxonada yil yakunida 226,0 mln. so'mlik;
Sardoba tumanida 9 ta korxonada yil yakunida 102,0 mln. so'mlik;
Sayxunobod tumanida 18 ta korxonada yil yakunida 2,9 mlrd. so'mlik;
Sirdaryo tumanida 32 ta korxonada yil yakunida 1,3 mlrd. so'mlik;
Xovos tumanida 10 ta korxonada yil yakunida 446 mln. so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarish kutilmoqda.
Joriy yil yakuniga kelib 48,9 mlrd so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilayotgan dasturga kiritilgan 219 ta loyixani amalga oshirishda muammolar yuzaga kelmoqda.
Jumladan; 48,7 mlrd. so'mlik 14 ta loyiha bo'yicha tijorat banklariga tegishli xujjatlar taqdim etilgan bo'lsada kredit mablag'lari ajratilishida muammolar yuzaga kelmoqda ushbu muammolar bartaraf etilmasa 603 ta yangi ish o'rinlari tashkil etilmay qolishi kutilmoqda.
Muvaffaqiyat
hikoyalari
Yutuqlar tarixi
“Peng Sheng” qo'shma korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 24 iyundagi PQ-1139-sonli qaroriga asosan Xitoy davlati bilan xamkorlikda tashkil etilgan
Investitsiya
loyihalari
Investitsiya loyihalari samaralari
O'zbekiston Milliy matbuot markazida “O'zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni tomonidan farmatsevtika sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va istiqboldagi vazifalarga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.
Amalga oshirilgan
loyihalar
Barqarorlikni ta’minlash yo‘lida
Aholi o'rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga qiziqish tobora ortib bormoqda. Toshkent shahrida joriy yilning o'tgan davrida 3700 dan ortiq yangi tadbirkorlik subyektining ro'yxatga olingani buning dalilidir. Ayni vaqtda ularning oldidagi mavjud to'siq va g'ovlarni bartaraf etish korxonalar faoliyati barqarorligini ta'minlash va yanada rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.
Foto lavhalar