O'zbekiston yangiliklari

Tadbirlar kalendari

Tadbirlar

Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
Barcha tadbirlar

Yuk va maxsulotlarni vaqtinchalik olib kirish va reeksport qilish uchun Yagona portal orqali ruxsatnoma olish

2015-03-11

Davlat Bojxona Qo'mitasining ikkita yangi: "Yuklarni chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bo'yicha vaqtinchalik ruxsatnoma olish uchun elektron ariza yuborish" va “Reeksportga mo'ljallangan yuklarni joylashtirish bo'yicha Bojxona ruxsatnomasini olish uchun elektron ariza yuborish” interaktiv xizmatlari Yagona portalga joriy etildi.

Mazkur interaktiv xizmatlar orqali Yagona portaldan ro'yxatdan o'tgan, maxsulotlarini eksport-import qilish huquqiga ega bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlari onlayn so'rovnomani to'ldirish, zaruriy hujjatlarni elektron shaklda ilova qilish orqali, Elektron raqamli imzolaridan foydalangan xolda yuklarini vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) xamda bojxona reeksport rejimida joylashtirish ruxsatnomasini olish uchun elektron ariza yo'llashlari mumkin.

Mazkur xizmat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164 sonli «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori ijrosini ta'minlash doirasida joriy etildi.

Yangi xizmatlarni taklif eting, ovoz bering va Yagona portal yangiliklarini kuzatib boring!


Muvaffaqiyat
hikoyalari

Barcha maqolalar

Investitsiya
loyihalari

Barcha maqolalar

Amalga oshirilgan
loyihalar

Barcha maqolalar

Foto lavhalar