O'zbekiston yangiliklari

Tadbirlar kalendari

Tadbirlar

Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
Barcha tadbirlar

Sirdaryo tumani

Umumiy ma'lumotlar

Sirdaryo tumani 1939 yil tashkil etilgan.

Maydoni 554,7 km2. Aholisi 118,7 ming kishi.

Tuman markazi – Sirdaryo shahri.

Sirdaryo tumanida 9 ta qishloq fuqarolar yig'ini va 43 ta mahalla fuqarolar yig'inidan iborat.

Qozog'iston Respublikasi, Toshkent viloyati hamda Sayxunobod va Mirzaobod tumanlari bilan chegaradosh.

Aholi demografiyasi. Sirdaryo tumanida 118,7 ming kishi yoki viloyat aholisining 15,3 foizi istiqomat qiladi. Shundan, o'zbeklar – 68,0 foiz (79,4 ming kishi), tojiklar – 13,3 foiz (15,2 ming kishi), qozoqlar – 3,0 foiz (3,4 ming kishi), ruslar – 4,6 foiz (5,3 ming kishi) va boshqa millat vakillari – 11,1 foiz (11,7 ming kishi)ni tashkil etadi.

*Millatlar tarkibi to'g'risidagi ma'lumotlar 2012 yil 1 yanvar holatiga

Tumanda “Baxt paxta tozalash" AJ (paxta xom ashyosini qayta ishlash), “Sirdaryovino" AJ (alkogol-vino mahsulotlari ishlab chiqarish), “Baxt moy invest" XK (yog'-moy mahsulotlari ishlab chiqarish), “Malek paxta zavodi" MChJ (urug'lik chigitga ishlov berish), “Baxt Teks Farm" MChJ (bog'lov materiallari ishlab chiqarish) kabi sanoat va “Oq-oltin" (ip-kalava ishlab chiqarish), “Reka med farm" (dori-darmon ishlab chiqarish), “Peng Sheng" (keramik plitka ishlab chiqarish), “Peng Sheng shuz" (poyabzal ishlab chiqarish), “Peng Sheng charm" (terini qayta ishlash), “Fayz-izmail-sistem" (mebel ishlab chiqarish). “JMP-INTERNATIONAL" (meva sharbati ishlab chiqarish), “Baxtselmash" (qishloq xo'jalik texnikasi ishlab chiqarish), “Guzal-N" (qurilish materiallari ishlab chiqarish), “Urug'-Invest" (moyli o'simliklar etishtirish), “Impeks" (qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash), “Sirdaryo Prom Invest" (chorva uchun ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarish) kabi qo'shma korxonalar faoliyat yuritmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 martdagi

PF-4516-son Farmoniga muvofiq Sirdaryo tumanida “Jizzax" maxsus industrial zonasining filialini tashkil etish belgilangan.

Muvaffaqiyat
hikoyalari

Barcha maqolalar

Investitsiya
loyihalari

Barcha maqolalar

Amalga oshirilgan
loyihalar

Barcha maqolalar

Foto lavhalar