O'zbekiston yangiliklari
Tadbirlar kalendari
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
Sayxunobod tumani
Umumiy ma'lumotlar
Sayxunobod tumani 1970 yil tashkil topgan.
Maydoni 445,2 km2. Aholisi 70,7 ming kishi.
Tuman markazi – Sayxun shaharchasi.
Sayxunobod tumani 4 ta shaharcha, 7 ta qishloq fuqarolar yig'ini va 40 ta mahalla fuqarolar yig'inidan iborat.
Sirdaryo, Guliston tumanlari va Toshkent viloyati bilan chegaradosh.
Aholi demografiyasi. Sayxunobod tumanida 70,7 ming kishi yoki viloyat aholisining 9,0 foizi istiqomat qiladi. Shundan, o'zbeklar – 69,7 foiz (47,6 ming kishi), tojiklar – 15,9 foiz (10,7 ming kishi), qozoqlar – 6,2 foiz (4,2 ming kishi), ruslar – 0,7 foiz (0,5 ming kishi) va boshqa millat vakillari – 7,5 foiz (5,1 ming kishi)ni tashkil etadi.
*Millatlar tarkibi to'g'risidagi ma'lumotlar 2012 yil 1 yanvar holatiga
Tumanda paxta xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan “Sayxunobod paxta tozalash" AJ, “Markaziy Osiyo urug'chilik kompaniyasi" ShK, “Oqoltin don mahsulotlari" AJ (un mahsulotlari ishlab chiqarish), “Lazer-Oqoltin" QK (qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish), “Oqoltin-PMB" QK kabi sanoat va qo'shma korxonalar faoliyat yuritadi.
Muvaffaqiyat
hikoyalari
Yutuqlar tarixi
“Peng Sheng” qo'shma korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 24 iyundagi PQ-1139-sonli qaroriga asosan Xitoy davlati bilan xamkorlikda tashkil etilgan
Investitsiya
loyihalari
Investitsiya loyihalari samaralari
O'zbekiston Milliy matbuot markazida “O'zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni tomonidan farmatsevtika sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va istiqboldagi vazifalarga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.
Amalga oshirilgan
loyihalar
Barqarorlikni ta’minlash yo‘lida
Aholi o'rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga qiziqish tobora ortib bormoqda. Toshkent shahrida joriy yilning o'tgan davrida 3700 dan ortiq yangi tadbirkorlik subyektining ro'yxatga olingani buning dalilidir. Ayni vaqtda ularning oldidagi mavjud to'siq va g'ovlarni bartaraf etish korxonalar faoliyati barqarorligini ta'minlash va yanada rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.
Foto lavhalar