O'zbekiston yangiliklari
Tadbirlar kalendari
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
Qishloq xo'jaligi
Ushbu Qonun qishloq xo'jaligi kooperativlarini (shirkat xo'jaliklarini) tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi hamda tugatilishining huquqiy asoslarini, huquq va majburiyatlarini belgilaydi, ularning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan o'zaro munosabatlarini tartibga soladi.
UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi)
Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) tovar qishloq xo'jaligi mahsuloti etishtirish uchun pay usuliga va asosan oila (jamoa) pudratiga, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo'jalik yurituvchi sub'ektdir.
2-modda. Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) to'g'risidagi qonun hujjatlari
Qishloq xo'jaligi kooperativlarini (shirkat xo'jaliklarini) tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bog'liq munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
3-modda. Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) faoliyatining printsiplari
Qishloq xo'jaligi kooperativlarining (shirkat xo'jaliklarining) faoliyati quyidagi printsiplarga asoslanadi:
kooperativga (shirkatga) a'zolikning ixtiyoriyligi va undan erkin chiqish mumkinligi;
kooperativ (shirkat) faoliyatida a'zolarning o'z mehnati bilan ishtirok etishi shartligi;
mahsulot etishtirish va mehnatni xo'jalik ichida asosan oila (jamoa) shartnomasi asosida tashkil etish;
kooperativ (shirkat) a'zolarining mehnatiga ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) hajmiga, sifatiga qarab haq to'lash;
yakuniy daromadni (foydani) kooperativ (shirkat) a'zolari o'rtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlash;
boshqaruvning demokratik xususiyati, qarorlar qabul qilishda huquqlar tengligi (kooperativning (shirkatning) bir a'zosi — bir ovozga ega bo'lishi);
kooperativ (shirkat) ustavida nazarda tutilgan tartibda uning ishi ustidan kooperativ (shirkat) a'zolarining nazorat qilishi;
yer uchastkalaridan qat'iy belgilangan maqsadda foydalanish, erlarning muhofaza qilinishini va tuproq unumdorligining oshirilishini ta'minlash.
4-modda. Qishloq xo'jaligi kooperativining (shirkat xo'jaligining) faoliyat turlari
Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) faoliyatining asosiy turi qishloq xo'jalik mahsuloti etishtirishdir.
Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) qishloq xo'jaligi mahsuloti etishtirish bilan bir qatorda kooperativning (shirkat xo'jaligining) o'z hududida ham, shuningdek undan tashqarida ham qishloq xo'jalik xom ashyosini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste'mol mollari, ishlab chiqarish-texnika ahamiyatiga ega bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, savdo-sotiq, ta'mirlash va qurilish ishlari, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatish, shuningdek qonunlarda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanishga haqli.
5-modda. Qishloq xo'jaligi kooperativini (shirkat xo'jaligini) tashkil etish
Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) uning muassislari tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi.
Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) a'zolarining soni kooperativ (shirkat) faoliyati ixtisoslashuvidan kelib chiqib uning ustavida belgilab qo'yiladi.
Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuman hokimligida davlat ro'yxatiga olingan kundan boshlab tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs huquqlariga ega bo'ladi.
Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) mustaqil balansga, bank muassasasida hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarga, nomi yozilgan muhrga ega bo'ladi.
2015 yil yanvar-iyun oylarida qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotlari amaldagi narxlarda 647007,0 mln.so'mga yoki 2014 yilning shu davriga nisbatan 5,9 foizga ko'paydi. Jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 400852,3 mln.so'mni (2014 yil yanvar-iyuniga nisbatan 5,4 foizga o'sdi), chorvachilik mahsulotlari 273154,7 mln.so'mni (2014 yilning yanvar-iyuniga nisbatan 6,8 foizga o'sdi) tashkil etdi.Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining xo'jaliklar toifalari bo'yicha taqsimlanishi quyidagicha ifodalanadi:
Viloyat qishloq xo'jaligining dexkonchilik yo'nalishida dehqon xo'jaliklari tomonidan 2015 yilning 1 iyul holatiga 23792 tonna g'alla ishlab chiqarib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga, 49871 tonna sabzavot ishlab chiqarilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 13,1 foizga, 21231 tonna kartoshka ishlab chiqarilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 7,9 foizga, 2876 tonna meva ishlab chiqarilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2 foizga, 228 tonna uzum ishlab chiqarilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga ko'paydi.
Shu jumladan, fermer xo'jaliklari tomonidan 2015 yilning joriy davrida 432151 tonna g'alla ishlab chiqarilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 0,3 foizga, 5454 tonna sabzovot ishlab chiqarilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 19,9 foizga, 747 tonna kartoshka ishlab chiqarilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 28,1 foizga, 1826 tonna meva ishlab chiqarilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 13,3 foizga, 45 tonna uzum ishlab chiqarilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 7,1 foizga o'sishi kuzatildi.
Fermer xo'jaliklarida asosiy qishloq-xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish quyidagicha ifodalanadi:
|
Yanvar-iyun oylarida |
2014 yil yanvar-iyuniga nisbatan o‘sish sur’ati |
|||
---|---|---|---|---|---|
2014 yil |
2015yil |
||||
tonna |
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foizda |
tonna |
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foizda |
||
G'alla |
430781 |
93,4 |
432151 |
93,2 |
100,3 |
Kartoshka |
583 |
2,9 |
747 |
3,1 |
128,1 |
Sabzavot |
4549 |
9,3 |
5454 |
9,8 |
119,9 |
Poliz |
10845 |
78,6 |
11464 |
78,3 |
105,7 |
Meva |
1612 |
37,3 |
1826 |
38,8 |
113,3 |
Uzum |
42 |
16,8 |
45 |
16,5 |
107,1 |
Chorvachilik. 2015 yilning 1 iyul holatiga o'tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 24426 bosh (6,1 foiz)ga, shu jumladan; sigirlar 7394 bosh (2,8 foiz)ga. Qo'y va echkilar 24394 bosh (7,0 foiz)ga, otlar 1320 bosh (15,2 foiz)ga, parrandalar 268 ming bosh (32,6 foiz)ga ko'paydi.
2015 yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo'jaliklarda 29462 tonna tirik vaznda go'sht (o'tgan yilga nisbatan 7,0 foizga ko'p), 128090 tonna sut (7,0 foizga ko'p), 57203 ming dona tuxum (8,7 foizga ko'p), 323 tonna jun (9,9 foizga ko'p) etishtirildi.
Barcha hududlarda chorvachilik mahsulotlari (go'sht, sut, tuxum) ishlab chiqarishning o'sishi asosan dehqon va fermer xo'jaliklari hisobiga to'g'ri kelib, ularning umumiy hajmdagi ulushi go'sht ishlab chiqarish 99,6 foizni, sut ishlab chiqarish 98,5 foizni, tuxum ishlab chiqarish 75,2 foizni tashkil etdi.
Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibi quyidagicha ifodalanadi:
Viloyat qishloq xo'jaligining chorvachilik yo'nalishida fermer xo'jaliklari tomonidan 2015 yilning 1 iyul holatiga 24426 bosh yirik shoxli qoramol (shu jumladan, 7394 bosh sigir), 24394 bosh qo'y va echkilar, 268 ming bosh parrandalar mavjud bo'lib, 2014 yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar soni 6,1 foizga (shu jumladan, sigirlar 2,8 foizga) o'sdi. Qo'y va echkilar 7,0 foizga, parrandalar 32,6 foizga ko'paydi. Fermer xo'jaliklarida asosiy qishloq-xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish quyidagicha ifodalanadi:
|
Yanvar-iyun oylarida |
2014 yil yanvar-iyuniga nisbatan o‘sish sur’ati |
|||
---|---|---|---|---|---|
2014yil |
2015yil |
||||
tonna |
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foizda |
tonna |
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foizda |
||
|
|
|
|
|
|
Go'sht, tirik vaznda |
477 |
1,7 |
683 |
2,3 |
143,2 |
Sut |
3173 |
2,6 |
3715 |
2,9 |
117,1 |
Tuxum, ming dona |
2483 |
4,7 |
3132 |
5,5 |
126,1 |
Jun |
29 |
9,9 |
37 |
11,5 |
127,6 |
Poliz (qovun, tarvuz, oshqovoq). Viloyat bo‘yicha har yili 3,8 ming gektar ekin maydonlarida poliz mahsulotlari etishtirilib, o‘rtacha hosildorlik 330-340 tsentner/gektarni tashkil qiladi. Har yili viloyatda o‘rta hisobda 2,6-2,7 ming tonna poliz mahsulotlari etishtiriladi.
Anor. Viloyat bo‘yicha har yili 257 gektar ekin maydonlarida anor mahsulotlari etishtirilib, o‘rtacha hosildorlik 80-85 tsentner/gektarni tashkil qiladi. Har yili viloyatda o‘rta hisobda 2,0-2,1 ming tonna anor mahsulotlari etishtiriladi.
Muvaffaqiyat
hikoyalari
Yutuqlar tarixi
“Peng Sheng” qo'shma korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 24 iyundagi PQ-1139-sonli qaroriga asosan Xitoy davlati bilan xamkorlikda tashkil etilgan
Investitsiya
loyihalari
Investitsiya loyihalari samaralari
O'zbekiston Milliy matbuot markazida “O'zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni tomonidan farmatsevtika sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va istiqboldagi vazifalarga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.
Amalga oshirilgan
loyihalar
Barqarorlikni ta’minlash yo‘lida
Aholi o'rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga qiziqish tobora ortib bormoqda. Toshkent shahrida joriy yilning o'tgan davrida 3700 dan ortiq yangi tadbirkorlik subyektining ro'yxatga olingani buning dalilidir. Ayni vaqtda ularning oldidagi mavjud to'siq va g'ovlarni bartaraf etish korxonalar faoliyati barqarorligini ta'minlash va yanada rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.
Foto lavhalar