O'zbekiston yangiliklari

Tadbirlar kalendari

Tadbirlar

Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
Barcha tadbirlar

Investitsion kelishuvlar

Sirdaryo viloyatida investitsion salohiyatini oshirish yangi zamonaviy ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish bo'yicha samarali ishlar olib borilmoqda.

Buning asosida salohiyatli loyihalarning amalga oshirilishi bo'yicha 9 ta investitsion kelishuvlar ishlab chiqilgan. Ishlab chiqilgan loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 205 mln. dollar miqdorida, shundan 152 mln. dollari to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilashi hamda 3000 dan ortiq ish o'rinlari yaratilishi belgilangan. Natijada viloyatda kerama-granit, keramik santexnika, quyosh batareyalari, og'ir yuk tashuvchi texnikalar, bir marotaba ishlatiladigan meditsina idishlari, konditsioner va muzlatgich kameralari, optik kabel, avto extiyot qismlari kabi yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yiladi.

Xususan, Guliston shahrida “Guliston ravnaq tekstil" MChJ tomonidan yillik 3500 tn. ip gazlama va sochiq ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish natijasida 10,5 mln. dollar investitsiyalar o'zlashtirilishi hamda 150 ta yangi ish o'rinlarining yaratilishi belgilangan; Guliston tajriba mexanika zavodining "Ekskavator texno servis" MChJ negizida yillik 10 ming kv.m. quyosh fotoelektrik panellari ishlab chiqarishni tashkil etish natijasida 10,2 mln. dollar investitsyalar o'zlashtirilishi va 40 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi belgilangan.

Xususan, Guliston shahrida “Guliston ravnaq tekstil" MChJ tomonidan yillik 3500 tn. ip gazlama va sochiq ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish natijasida 10,5 mln. dollar investitsiyalar o'zlashtirilishi hamda 150 ta yangi ish o'rinlarining yaratilishi belgilangan; Guliston tajriba mexanika zavodining "Ekskavator texno servis" MChJ negizida yillik 10 ming kv.m. quyosh fotoelektrik panellari ishlab chiqarishni tashkil etish natijasida 10,2 mln. dollar investitsyalar o'zlashtirilishi va 40 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi belgilangan.

Sirdaryo tumanida, “Farm plast xolding" MChJ tomonidan yillik 3 mln. dona bir marotaba ishlatiladigan meditsina idishlari (bolalar so'rg'ichlari) ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish orqali jami 3,9 mln. dollar, shundan 1,2 mln. dollari to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi va 40 nafar yangi ish o'rinlari tashkil etilishi belgilangan. "Jizzax" MIZning Sirdaryo fililali hududida Koreyaning "Autech Group" kompaniyasi xamkorligida yillik 30ming dona konditsionerlar ishlab chiqarishni tashkil etish natijasida jami 27 mln. dollar, shundan 20,8 mln. dollari to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi va 50 nafar yangi ish o'rinlari tashkil etilishi belgilangan.

Sayxunobod tumanida, Xitoyning "Xiamen XGMA machinary co.LTD" kompaniyasi tomonidan yillik 10 ming dona qurilish texnikalari (buldozer, pogruzchik) ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish hisobiga 5,2 mln. dollar miqdorida investitsiyalar o'zlashtirilishi va 50 ta yangi ish o'rinlarining tashkil etilishi rejalashtirilmoqda; Sayxunobod tumanidagi mavjud bo'sh er maydonlarida "Doyche kabel" AJ QK tomonidan yillik 5000 km. zamonaviy kabel mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish orqali 10,5 mln. dollar investitsiyalar o'zlashtirilishi va 40 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda. Xovos tumanida, "Xovos tumani MTP" bazasida yillik 100 ming komplekt engil avtomobillar uchun qolipli rezina detallar ishlab chiqarishni tashkil etish natijasida 9 mln dollar miqdorida investitsiyalar o'zlashtirilishi va 50 ta yangi ish o'rinlarining tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Muvaffaqiyat
hikoyalari

Barcha maqolalar

Investitsiya
loyihalari

Barcha maqolalar

Amalga oshirilgan
loyihalar

Barcha maqolalar

Foto lavhalar