O'zbekiston yangiliklari

Tadbirlar kalendari

Tadbirlar

Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
Barcha tadbirlar

Ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish

Manfaatdor idoralar tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda pensionerlar, nogironlar va yolg'iz keksa fuqarolarga qonun xujjatlarida belgilangan imtiyozlar, sanatoriya va kurortda davolanishga yo'llanmalar va maxsus harakatlanish vositalari berilishida qatnashadi;

Hududiy davlat hokimiyati organlari uchun pensionerlar, nogironlar, ko'p bolali va kam ta'minlangan oilalarni, aholining davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga muhtoj bo'lgan boshqa ijtimoiy nochor guruhlarini ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;

Ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi Davlat jamgarmasi mablag'larini belgilangan tartibda tasarruf etadi:

Ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi Davlat jamg'armasi mablag'laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni ta'minlash ishlarini tashkil etadi;

Ishsizlar va ularning oila a'zolarini Ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi Davlat jamg'armasi mablag'lari hisobiga ijtimoiy qo'llab- quvvatlashni ta'minlanishini tashkil etadi;

Eng kam ish o'rinlarini ajratilishi va ularning ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar bilan butlanishi masalalarini o'rganadi va tahlil etadi;

Dehqon va fermer xo'jaliklarida ishlayotgan fuqarolar, shuningdek tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy muhofaza chora-tadbirlarini ro'yobga chiqarilishini tashkil etadi.

Ijtimoiy nafaqalar

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 18 yanvardagi yig'ilishida 2013 yilga belgilangan eng ustuvor vazifalardan biri sifatida yangi ish o'rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturini amalga oshirish belgilangan.

Hisobot davrida quyidagilar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi va uning joylardagi organlari faoliyatining ustuvor yo'nalishi bo'lib qoldi:

  • demografik omillar va iqtisodiyotning istiqbolli rivojlanishini hisobga olgan holda mehnat bozorini boshqarish va rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, aholini ish bilan ta'minlashning ilg'or shakllarini joriy etish bo'yicha samarali tadbirlarni amalga oshirish;
  • band bo'lmagan aholi va ishsizlarga, birinchi navbatda ayollarga, kollej bitiruvchilariga va harbiy xizmatdan bo'shatilganlarga kasbga tayyorlash va ishga joylashtirish hamda ishsizlarni moddiy qo'llab-quvvatlash yo'nalishida sifatli xizmat ko'rsatish;
  • yolg'iz keksalar, pensionerlar va nogironlar, kam ta'minlanganlar va aholining boshqa ijtimoiy zaif toifalarining aniq va manzilli ijtimoiy muhofazasini ta'minlash, tasarrufiy tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy ta'minotini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • mehnat, aholini ish bilan ta'minlash va ijtimoiy muhofaza qilish sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, mehnat munosabatlarini va moddiy rag'batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda mehnatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish.

Mehnat bozori

Ish qidirayotgan fuqarolar uchun maqbul keladigan ishni axtarish muddatini qisqartirish maqsadida, 2013 yil 9 oyi davomida, 37 ta bo'sh (vakant) ish o'rinlari yarmarkalari tashkil etildi va ularda 8506 ta bo'sh ish o'rini bilan 956 ta ish beruvchi va 9156 nafar ish axtarayotgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Yarmarkalar natijasiga ko'ra 795 nafar shaxs ishga yo'llanma olishdi, shu jumlada 359 nafari yoshlar – o'quv muassasalarini bitiruvchilar, muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilganlar, qamoq jazosidan ozod etilganlar va boshqalarni tashkil etadi.

Bunday natijalarga:

  • tuman (shahar) Bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari va ularning har bir yirik qishloq fuqarolar yig'inlarida joylashgan Turg'un punktlari tomonidan band bo'lmagan fuqarolarni hisobga olish ishlarini kuchaytirilishi;
  • fuqarolarni ish bilan ta'minlashga alohida yondoshishni kuchaytirilishi, Bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari va ularning Turg'un punktlari xodimlarining malakasini oshirilishi;
  • mehnat bozorida vaziyat murakkab bo'lgan va fuqarolarni ish qidirib tashqariga ko'plab chiqib ketishi kuzatilayotgan tumanlarda ish joylari tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishi;
  • bo'sh ish joylari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z vaqtida va to'liq taqdim etilishini ta'minlash hisobiga erishildi.

Muvaffaqiyat
hikoyalari

Barcha maqolalar

Investitsiya
loyihalari

Barcha maqolalar

Amalga oshirilgan
loyihalar

Barcha maqolalar

Foto lavhalar