O'zbekiston yangiliklari

Tadbirlar kalendari

Tadbirlar

Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
Barcha tadbirlar

Ta'lim va ma`daniyat

Maktabgacha ta'lim tushunchasi

Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bulgan ishtiyoqini uyg'otib, tizimli o'qitishga tayerlab boradi. 6-7 yoshgacha bo'lgan maktabgacha ta'lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta'lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o'qishga tayerlash, bolani sog'lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo'lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o'qishga, tizimli ta'limga bo'lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.

Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish maktabgacha ta'lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta'lim muassasasiga biriktirilgan sog'liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta'lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta'lim muassasasida yong'in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo'lgan talablar “Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to'g'risida Nizom" bilan tartibga solinadi.

Maktabgacha ta'lim tizimi

Bolalar maktabgacha muassasalari – O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim muassalarining turi bo'lib, turli yo'nalishdagi maktabgacha ta'lim umumta'lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni tarbiyalashni, o'qitishni, nazoratini, parvarishlashni va sog'lomlashtirishni ta'minlaydi.

Maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta'lim muassasasining mol-mulki va pul mablag'lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta'lim jarayoni qatnashchilari to'g'risidagi kerakli ma'lumotlarni “O'zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida Nizom" dan olishinigiz mumkin.

O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalarining zamonaviy tizimi

Maktabgacha ta'lim muassasalari, faoliyat yo'nalishiga ko'ra, quyidagi turlarga bo'linadi:
Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog'chasi, bolalar bog'chasi, uydagi bolalar bog'chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).
Maktabgacha tarbiya va boshlang'ich ta'lim mussasasi (bolalar bog'chasi-maktab).
Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo'nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta'lim muassasalari.
Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og'ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog'chasi.
Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog'lomlashtirish tadbir va protseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog'lomlashtirish bog'chasi.
Birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog'lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko'rinishda kiradi)

Maktabgacha ta'lim muassasasining ish tartibi va u erda bolalarning bo'lish davomiyligi davlatning maktabgacha ta'lim sifat va darajasiga bo'lgan talablari, nizom, maktabgacha ta'lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta'sischilar tomonidan belgilandi.

Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil qilingan bo'lib, u erga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta'limni boshqarish va sog'liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.

Maxsus maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablag'lari, maxsus maktabgacha ta'lim muassasasida o'quv-ta'lim va sog'lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta'lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta'lim muassasasining boshqaruvi haqidagi to'liq ma'lumotlar “ Maxsus davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risidagi Nizom" da ko'rsatilgan.

Maktabgacha ta'lim muassasalarining asosiy maqsadlari

Maktabgacha ta'lim, olinish shakli va usullaridan qat'iy nazar, quyidagi maqsadlarni o'z oldiga qo'yadi:
Bolalarni maktabda o'qishga maqsadli va tizimli tayerlash;
Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste'dodlarini rivojlantirish;
Bolalarni milliy va umuminsoniy etik va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;
Bolalarda yuqori ma'naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;
Bolalarning jismoniy va ruhiy sog'ligini mustahkamlash;

Maktabgacha ta'lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.

O'zbekistonda maktabgacha ta'lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg'iz va qozoq tillarida olib boriladi.

Madaniyat


2015 yilda viloyatda madaniyat sohasida ijobiy ishlar amalga oshirilib, ko'pgina yutuqlarga erishildi.
Jumladan, 2014 yilda Guliston, Shirin va Yangier shaharlarida madaniyat va istirohat bog'lari barpo etildi.2015 yilda Mirzaobod, Sardoba, Guliston va Sayxunobod tumanlarida
madaniyat va istirohat bog'larini barpo etish ishlari davom ettirilishi rejalashtirilgan.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 dekabrdagi “2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog'larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari Dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 322-sonli qaroriga asosan: 4 ta Madaniyat va istirohat bog'lari foydalanishga topshirildi. Natijada 104 ta atraktsionlar hamda kichik va katta o'yin qurilmalari, 24 ta salqin ichimlik va muzqaymoq shahobchalari, 32 ta savdo shahobchalari, 16 ta umumiy ovqatlanish shahobchalari tashkil etilib, 280 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratilishiga erishildi. Natijada aholining keng qatlamlarini madaniy hordiq olishi uchun keng sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 178-sonli qaroriga asosan: 2013-2014 yillarga belgilangan 2 ta ob'ektlarda ta'mirlash ishlari davom etmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 fevraldagi “O'zbekiston sportchilarini 2016 yilda Rio-De-Janeyro (Braziliya)da bo'lib o'tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida"gi PQ-1923-sonli qarori asosan Sirdaryo viloyatida 2010-2014 yillar davomida 42 ta sport inshootlari qurib foydalanishga taqdim etildi.Hozirda, Sirdaryo shahrida O'zbekiston sportchilarini 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da bo'lib o'tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Parolimpiya o'yinlariga tayyorlash Dasturi asosida Guliston olimpiya zaxiralari kolleji tashkil etildi.Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 189-sonli qarori asosan haftaning har seshanba va juma kunlari 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi ota-onalar (yoki ularni o'rnini bosuvchi shaxslar)ni hamda har yili 2–8 sentyabrь kunlari o'tkaziladigan “Muzeylar haftaligi" vaqtida aholini davlat muzeylariga bepul kirishlarini ta'minlanmoqda.“Muzeylar oyligi" hamda “Muzeylar haftaligi" tadbirlari mamlakatimiz aholisi, ayniqsa yoshlarni muzey ishi bilan yaqindan tanishtirish, san'at asarlarini yaratish jarayonini jonli kuzatishini tashkil etish, xalqimiz madaniyati va san'atini keng targ'ib etish, shuningdek, yoshlarni muzeyga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi, natijada aholining muzeylarga tashrifi oldingi yillarga nisbatan bir necha barobarga oshdi.Madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish Dasturiga asosan joriy yilda viloyatda 4 ta madaniyat va istirohat bog'larini tashkil qilish, ularni attraktsionlar va o'yin qurilmalari bilan jihozlash belgilangan. 2016-2018 yillarda jami 20 ta madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish, jihozlash va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.Sirdaryo viloyatida 2 ta muzeyning mukammal va joriy ta'mirlash, rekonstruktsiya qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan viloyat o'lkashunoslik muzeyi uchun yangi bino qurish ishlari rejalashtirilmoqda.Vazirlar Mahkamasining 322-sonli qaroriga asosan 7 ta madaniyat va istirohat bog'larini ishga tushirilishi belgilangan. Natijada 182 ta atraktsionlar hamda kichik va katta o'yin qurilmalari, 42 ta salqin ichimlik va muzqaymoq shahobchalari, 56 ta savdo shahobchalari, 28 ta umumiy ovqatlanish shahobchalari tashkil etilib, 500 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratiladi. Natijada aholining keng qatlamlarini madaniy hordiq olishi uchun keng sharoitlar yaratilishiga xizmat qilishi kutilmoqda.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 178-sonli qaroriga asosan 30 ta madaniyat va aholi dam olish markazlari foydalanishga topshirilishi, ko'zi ojizlar kutubxonasining viloyatda 2 ta filialini o'z binosi bilan ta'minlash hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, O.Xo'jaev nomidagi Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri binosini kapital ta'mirlash rejalashtirilgan.

Ta'lim sohasini rivojlantirish va isloh etish

Ta'lim sohasini rivojlantirish va isloh etish masalasi ham e'tibor markazida bo'lib, bugungi kunda viloyatdagi xalq ta'limi tizimida 470 ta ta'lim muassasalari, shu jumladan 299 ta umumiy o'rta ta'lim maktablari, 151 ta maktabgacha va 19 ta maktabdan tashqari ta'lim muassasalari, 1 ta mehribonlik uylari faoliyat ko'rsatmoqda.Maktab ta'limini rivojlantirish dasturi bo'yicha 2015 yilda 13 ta umumta'lim maktablarini 4 ta (2222,1 mln.so'm) rekonstruktsiya va 9 ta (5870,2 mln.so'm) kapital ta'mirlash uchun 8092,3 mln.so'm mablag' sarflanishi belgilangan bo'lib, joriy yilning 1-yarim yillikda 5 ta umumta'lim maktablarini 1 ta rekonstruktsiya va 4 ta kapital ta'mirlandi. Shundan 1 ta umumta'lim maktabini rekonstruktsiya qilish uchun 287,4 mln.so'm va 4 ta umumta'lim maktabini kapital ta'mirlash uchun 1608,6 mln.so'm mablag'lar sarflandi. Ta'lim muassalarini moddiy texnika bazasini mustahkamlash jarayonida eng zamonaviy o'quv-amaliy qurollar, dastgohlar, jihozlar, laboratoriya uskunalari bilan boyitildi. Viloyatdagi 4 ta akademik litsey, 48 ta kasb-xunar kollejlarida 79 ta ixtisoslik bo'yicha 38,6 mingdan ortiq o'quvchi ta'lim olmoqda. Xususan, o'tgan yilda kasb-hunar kollejlarini iqtisodiyot, bank va soliq, sanoat, qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash, ta'lim, xizmat ko'rsatish, transport va aloqa, qurilish, ijtimoiy soha bo'yicha jami 12 mingdan ortiq o'quvchi-yoshlar bilim va malakaga, eng muhimi kasb-hunar egasi bo'lib tamomlashdi. Shu bilan birgalikda, bitiruvchilar bandligini ta'minlashda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagida bo'lgan 2013-2014 o'quv yilining mingga yaqin bitiruvchilariga tijorat banklari tomonidan jami 4 mlrd.so'mdan ortiq imtiyozli kredit mablag'lari ajratildi.Viloyatimizda 2014/2015 o'quv yilida 46 ta kasb-hunar kollejlarini 79 ta yo'nalishlar bo'yicha jami 11912 nafar (5969 nafari qizlar) o'quvchi-yoshlar tamomlashadi. Viloyatda 2015 yilda tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 8 mlrd so'mlik imtiyozli kredit mablag'lari ajratilishi yuzasidan prognoz parametrlari tasdiqlandi.Hozirgi kunda 11912 nafar bitiruvchilarning 11571 nafari (97,1%) bilan ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish bo'yicha korxona va tashkilotlar bilan uch tomonlama shartnomalar imzolandi.Biriktirilgan korxonaga kafolatlangan ish joylari 3437 nafar 28,8 % shundan, qizlar (1770 nafar), oliy ta'limga o'qishga kirmoqchi 1517 nafar 12,7 % shundan, qizlar (943 nafar), tadbirkorlik bilan shug'ullanidigan 2530 nafar 21,3 % shundan, qizlar (1216 nafar), dehqon xo'jaligi tashkil etish bo'yicha yaratiladigan ish o'rinlari 1333 nafar shundan, qizlar (568 nafar), ishlamayotgan korxona faoliyatini tiklash hisobiga 573 nafar shundan, qizlar (380 nafar), tomorqa xo'jaliklarini tashkil etish hisobiga bitiruvchilar bandligi 610 nafar shundan, qizlar (219 nafar), hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi asosida yaratiladigan ish o'rinlari 1132 nafar shundan, qizlar (506 nafar) va kichik korxona va mikrofirmalarni tashkil etish hisobiga yaratiladigan ish o'rinlari 780 nafar shundan, qizlar (367 nafar) tashkil etadi. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari orasida bugungi kunda 3101 nafar bitiruvchilar tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagini bildirgan va ularga talab etilayotgan kredit miqdori jami 16 mlrd. 185,5 mln so'mni tashkil etmoqda. Shundan tadbirkorlik yo'nalishlari kesimida imtiyozli kredit olish istagini bildirgan bitiruvchilar:

-uy hayvonlariga qarash xizmati bo'yicha 2563 nafar (13 mlrd
56 mln.so'm);
-parrandachilikni rivojlantirish bo'yicha 37 nafar (164,4 mln.so'm);
-tikuvchilikni rivojlantirish bo'yicha 111 nafar (542,6 mln.so'm);
-kompyuter xizmatini ko'rsatish bo'yicha 43 nafar (210 mln.so'm);
-savdo faoliyatini tashkil etish 77 nafar (554,4 mln.so'm);
-sartaroshxona tashkil etish bo'yicha 54 nafar (302 mln.so'm);
-asalarichilikni rivojlantirish bo'yicha 9 nafar (60 mln.so'm);
-baliqchilikni rivojlantirish bo'yicha 4 nafar (45 mln.so'm);
-bog'dorchilikni (dehqon xo'jaligini) rivojlantirish bo'yicha 91 nafar (569,5 mln.so'm);
-maishiy xizmat ko'rsatishni rivojlantirish bo'yicha 175 nafar (1 mlrd 35,8 mln.so'm)ni tashkil etadi.
Barcha ta'lim muassasalarida axborot resurs markazlari tashkil etilishi, ular zamonaviy o'quv adabiyotlari, mulьtimedia va elektron darsliklar hamda Internet tarmog'iga ulangan zamonaviy kompьyuter texnikalari bilan jihozlanishi, qolaversa mazkur ta'lim muassasalarida 2838 nafar, jumladan 2591 nafar oliy ma'lumotli va malakali o'qituvchilar ta'lim tarbiya berib kelayotganligi, yoshlarni har tomonlama zamonaviy bilimlarga ega bo'lib, kelajakda mustaqil davlatimizning dovrug'ini butun dunyoga tarqatishida muhim zamin yaratmoqda. Bundan tashqari, viloyatda oliy ta'lim muassasasi – Ushbu ta'lim muassasasida 955 ta bakalavriat ta'lim yo'nalishi va 12 ta magistratura mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Xususan, mahalliy iqtisodiyot tarmoqlarida malakali mutaxassis va zamonaviy bilimga ega bo'lgan yoshlarga bo'lgan talabning oshishi, 2014 yilga kelib 2000 yilga nisbatan studentlar sonini qariyb 1,6 barobarga ko'payishini ta'minladi.

Muvaffaqiyat
hikoyalari

Barcha maqolalar

Investitsiya
loyihalari

Barcha maqolalar

Amalga oshirilgan
loyihalar

Barcha maqolalar

Foto lavhalar