O'zbekiston yangiliklari

Tadbirlar kalendari

Tadbirlar

Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
Barcha tadbirlar

Investitsiya loyihalari samaralari

O'zbekiston Milliy matbuot markazida “O'zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni tomonidan farmatsevtika sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va istiqboldagi vazifalarga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish sifati va samaradorligini oshirish, farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarish jarayonini mahalliylashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan izchil islohotlar o'zining yuksak samaralarini berayotgani ta'kidlandi.

Bugungi kunda mamlakatimiz farmatsevtika sanoatida bir yuz o'ttizga yaqin korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Ulardan to'qsonga yaqini “O'zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni tizimidagi korxonalardir.

Investitsiya dasturlari doirasida farmatsevtika sanoatiga ham xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish, ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash, aholining sifatli dori-darmonga bo'lgan ehtiyojini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilayotir.

«O'zfarmsanoat» davlat aksiyadorlik konserni tomonidan joriy yilda ellikka yaqin loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning samarasida korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini zamonaviylashtirish, xalqaro sifat menejmenti tizimini joriy etish, farmatsevtika bozorini sifatli dori vositalari bilan to'ldirish va eksportni kengaytirishga erishilmoqda.

Yurtimizda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, yangi dori turlarini o'zlashtirish va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun barcha sharoit mavjud. Bu imkoniyatdan oqilona foydalanilib, farmatsevtika sanoatiga investitsiya loyihalarini keng jalb etish, tibbiyotning turli sohalarida qo'llaniladigan shifo vositalari ishlab chiqarishga yo'naltirilgan qo'shma korxonalar barpo etish yuzasidan hamkorlik loyihalari kengaytirilmoqda.

Keyingi yillarda kooperatsiya aloqalari asosida yo'lga qo'yilgan ana shunday hamkorlik natijasida o'ttizga yaqin farmakoterapevtik guruhlarga mansub qirq nomdagi mahalliy dori vositalari ishlab chiqarilib, tibbiy amaliyotga tatbiq etildi.

Ilm-fan faoliyatini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tibbiy preparatlarni klinik sinovdan o'tkazish ham muhim bosqichdir. Bugungi kunda bu yo'nalishda o'n beshta ilmiy-tadqiqot instituti va tibbiy-ilmiy markazlarda keng qamrovli ilmiy-amaliy dastur va loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Soha uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimi ham tobora takomillashmoqda.

Anjumanda mamlakatimiz farmatsevtika sanoatining bugungi holati va istiqbollari, dori-darmon ishlab chiqarishni rivojlantirish, farmatsevtika sanoatiga investitsiya loyihalarini jalb etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'lumot berildi.

Muvaffaqiyat
hikoyalari

Barcha maqolalar

Investitsiya
loyihalari

Barcha maqolalar

Amalga oshirilgan
loyihalar

Barcha maqolalar

Foto lavhalar