O'zbekiston yangiliklari
Tadbirlar kalendari
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
16 va undan katta yoshdagi nogironlarning reabilitatsiya markaziga order olishlari uchun elektron ariza taqdim etish
2015-03-06
Endilikda Yagona portal orqali tezkor va sodda ravishda 16 va undan katta yoshdagi nogironlarning reabilitatsiya markaziga order olishlari uchun elektron ariza taqdim etish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining bosh «Tibbiy-mehnat ekspert kommisiya»lari foydalanuvchilar (nogironlar va ularning qonuniy vakillari)dan arizalarni qabul qiladilar va xizmatlarni roʻyxatdan oʻtkazadilar.
Ushbu xizmatdan Yagona portalda roʻyxatdan oʻtgan 16 va undan katta yoshdagi nogironlar hamda ularning qonuniy vakillari hisoblanmish barcha jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.
Order berish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qaror Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining vakolatli xodimi tomonidan ariza qabul qilingan vaqtdan boshlab 2 kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi va arizachining elektron manziliga xabarnoma joʻnatiladi.Foydalanuvchi (nogironlar yoki ularning qonuniy vakili) orderni olish
uchun bosh, ixtisoslashgan, tumanlararo, tuman (shahar) «Tibbiy-mehnat ekspert komissiya»lariga xabarnomada ko'rsatilgan muddat ichida murojaat qilishlari va 7 ish kuni mobaynida orderni pasportni taqdim etish orqali olib ketishlari shart. Ko'rsatilgan muddat ichida olib ketilmagan order o'z kuchini yo'qotadi va qonuniy kuchga ega emas deb hisoblanadi.
Yangi xizmatlarni taklif eting, ovoz bering va Yagona portal yangiliklaridan xabardor boʻling!
Muvaffaqiyat
hikoyalari
Yutuqlar tarixi
“Peng Sheng” qo'shma korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 24 iyundagi PQ-1139-sonli qaroriga asosan Xitoy davlati bilan xamkorlikda tashkil etilgan
Investitsiya
loyihalari
Investitsiya loyihalari samaralari
O'zbekiston Milliy matbuot markazida “O'zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni tomonidan farmatsevtika sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va istiqboldagi vazifalarga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.
Amalga oshirilgan
loyihalar
Barqarorlikni ta’minlash yo‘lida
Aholi o'rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga qiziqish tobora ortib bormoqda. Toshkent shahrida joriy yilning o'tgan davrida 3700 dan ortiq yangi tadbirkorlik subyektining ro'yxatga olingani buning dalilidir. Ayni vaqtda ularning oldidagi mavjud to'siq va g'ovlarni bartaraf etish korxonalar faoliyati barqarorligini ta'minlash va yanada rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.
Foto lavhalar