O'zbekiston yangiliklari

Tadbirlar kalendari

Tadbirlar

Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
Barcha tadbirlar

2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish

2015-10-07

“2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish,tarkibiy o'zgartirish va diversifikatsiya qilish dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning mazmuni va mohiyati to'g'risida"gi PRESS-RELIZ
2015 yil 17 sentyabr Guliston sh.

Guliston shahrida mazkur masala muhokamasiga bag'ishlangan anjuman bo'lib o'tdi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyoti 5,5 barobardan ortiq o'sdi, aholining real daromadlari esa 9 marta oshdi. So'nggi o'n yillikda yalpi ichki mahsulot yillik o'sish sur'atlari 8,0 foizdan oshmoqda va u dunyodagi eng yuqori ko'rsatkichlardan biri bo'lib kelmoqda. Yalpi ichki mahsulot xajmi xarid qilish qobiliyati bo'yicha aholi jon boshiga nisbatan 4 marta oshdi va hozirgi kunda 6 ming 500 dollarni tashkil qilmoqda. Erishilgan ushbu yutuqlarga Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimov tomonlaridan ishlab chiqilgan, butun dunyoga “O'zbek modeli" deb tan olingan, bozor iqtisodiyotiga o'tishning 5 ta asosiy tamoyillari mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekistonda xususiy tadbirkorlik faoliyati deyarli mavjud bo'lmagan bo'lsa, bugungi kunda barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning qariyb 90,0 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Yalpi ichki mahsulotning 56,0 foizi, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 32,0 foizi hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlarining barchasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan yaratilmoqda. Aynan xususiy sektor mamlakatimiz aholisi daromadlari o'sishining asosiy manbai bo'lib xizmat qilmoqda.Butun dunyoda davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz jarayonida barcha davlatlar iqtisodiyotida pasayish sur'atlari kuzatilmoqda. Dunyodagi inqirozni salbiy oqibatlarini chuqur tahlil qilgan holda, muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimov inqirozni iqtisodiyotimizga ta'sirini oldini olish va bartaraf qilish maqsadida bizning oldimizga amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotimiz va uning tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilishni asosiy vazifa qilib belgilab berdi. Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan joriy yilning boshida ishlab chiqilgan “2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o'zgartirish va diversifikatsiya qilish dasturi" 7 ta asosiy yo'nalishlarni o'zida mujassam etgan. Davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlarini tadbirkorlar bilan o'zaro munosabatlarida tadbirkorlar huquqlarini ustuvorligi printsipi qonun darajasida belgilab berildi. Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlariga kichik biznes sub'ektlarini keng jalb qilishning ochiq va aniq mexanizmlari kiritildi. Ayrim hollarda tadbirkorlik faoliyati, xususiy mulk xuquqi kafolatlarini ta'minlash bo'yicha qonunchilik talablarining buzilishi, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashish, biznes rivoji uchun to'sqinlik qilayotgan muammo va masalalarni echishda ortiqcha qog'ozbozlik, sansalorlik, hatto, ochiq holda ta'magirlik va poraxo'rlik qilish holatlari uchramoqda.Shu maqsadda, davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Dasturi ishlab chiqildi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi Farmoni bilan tasdiqlandi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan joriy yilning 20 avgust kuni imzolangan “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub'ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonun qayd etilgan Dastur ijrosini ta'minlash uchun muhim hujjat bo'ldi. Qonun bilan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini deyarli barcha jihatlarini qamrab oluvchi 40 dan ortiq qonun xujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Xususan, Qonun bilan xalqaro amaliyotda yagona bo'lgan tartib joriy etildi, unga ko'ra, agar shaxs soliqlar yoki boshqa majburiy to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlash bilan bog'liq jinoyatni ilk marotaba sodir etib, jinoyat aniqlangan kundan 30 kun davomida davlatga etkazilgan zararni to'liq qoplagan bo'lsa, unga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilmaydi va shaxs javobgarlikdan ozod etiladi. Shuningdek, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar mansabdor shaxslariga nisbatan ular tomonidan ayrim turdagi xuquqbuzarliklar sodir etish orqali etkazilgan moddiy zarar to'liq qoplanganda ozodlikdan mahrum etish shaklidagi jazo qo'llanilmaydi. Shu bilan birga, savdo va vositachilik faoliyati sohasidagi ayrim turdagi xuquqbuzarliklar jinoiy yurisdiktsiyadan ma'muriy yurisdiktsiyaga o'tkazildi.Qo'zg'atilgan jinoyat ishlari doirasida xuquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining tekshiruvlari xo'jalik yurituvchi sub'ektlar yollagan advokatlar ishtirokida amalga oshirilishi to'g'risidagi yangi tartibning joriy etilishi tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy xuquq va kafolatlari himoyasini yanada mustahkamladi.Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilikni erkinlashtirish bilan birga xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviy-xo'jalik faoliyati bo'yicha tekshiruv va taftish o'tkazish tartibini buzganlik uchun xuquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining javobgarligi kuchaytirildi. Jinoyat kodeksiga qonunchilikda ko'zda tutilgan imtiyoz va engilliklardan foydalanishga noqonuniy ravishda rad etganlik yoki to'sqinlik qilganlik uchun, shuningdek xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni xayriya ishlari va pul mablag'lari ajratish bilan bog'liq boshqa tadbirlarga majburiy jalb qilganlik uchun yangi javobgarlik me'yorlari kiritildi. Tadbirkorlik sub'ektlari bino va inshootlarini ularning bozor qiymatini to'laligicha qoplamay turib buzganlik uchun mansabdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish tartibi o'rnatildi. Anjumanda davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining ish faoliyatida “Elektron hukumat" elektron tizimni joriy qilinishi muhim ahamiyat kasb etishi aytib o'tildi. Buning natijasida, davlat idoralari bilan xususiy tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasidagi aloqalar shaffofligi ta'minlanadi va “Inson aralashuvi faktoriga" butunlay barham beriladi. Shu bilan birgalikda, tadbirkorlik sub'ektlari davlat idoralaridan barcha axborotlarni elektron ko'rinishda real vaqt tizimida olish va ruxsat berish jarayonlarini tezlashtirishga katta imkon yaratiladi.Yig'ilishda ishtirok etgan ma'ruzachilar, tadbirkorlar o'z so'zlarida mamlakatimizda mazkur yo'nalishda ana shunday ijobiy o'zgarishlar ro'y berayotgani haqida gapirdilar. Tadbirkorlar o'zlarining ko'plab savollariga to'laqonli javoblar oldilar. Yig'ilishda yakuniy xujjat qabul qilindi va unda davlat, xuquq-targ'ibot organlari, xususiy biznes va tadbirkorlar o'rtasida o'zaro hamkorlik asosiy tamoyillari va mexanizmlari o'z aksini topdi.


Muvaffaqiyat
hikoyalari

Barcha maqolalar

Investitsiya
loyihalari

Barcha maqolalar

Amalga oshirilgan
loyihalar

Barcha maqolalar

Foto lavhalar