O'zbekiston yangiliklari

Tadbirlar kalendari

Tadbirlar

Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
Barcha tadbirlar

Ishlab chiqaruvchilarga yangi imtiyozlar

2015-06-03

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va sohaga ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida bugun xususiy sektor nafaqat yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda, balki aholi bandligini ta'minlash va farovonligini yuksaltirishda ham alohida ahamiyat kasb etayotir. Ayni paytda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari bozorlarimiz to'kinligini ta'minlash barobarida davlatimiz eksport salohiyatini oshirishga ham salmoqli hissa qo'shmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni ijrosi va uning soha rivojidagi ahamiyatiga bag'ishlab Qarshida o'tkazilgan seminarda shular haqida so'z yuritildi.

Mazkur farmon mamlakatimiz iqtisodiyotida xususiy mulkning o'rni va rolini tubdan oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi to'siq va sun'iy cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy ishlab chiqaruvchilar ulushini izchil oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.

– Mazkur hujjatga muvofiq 2015-yil 1-iyuldan e'tiboran xo'jalik yurituvchi subyektlarda rejali tekshirishlar davriyligi va muddatlari, qo'zg'atilgan jinoiy ishlar bo'yicha tekshirishlar o'tkazish tartibiga o'zgartishlar kiritildi, – deydi Qashqadaryo viloyati prokurori Salom Samadov. – Farmonning 2-bandiga ko'ra, barcha nazorat organlari uchun rejali tekshirishlar davriyligi birxillashtirildi. 2015-yil 1-iyuldan boshlab nazorat qiluvchi organlar tomonidan mikrofirma, kichik korxona va fermer xo'jaliklari faoliyatidagi barcha rejali tekshirishlar ko'pi bilan to'rt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarida esa ko'pi bilan uch yilda bir marta Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qarori asosida amalga oshiriladi. Moliya-xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan rejali tekshiruvlar o'tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmaydi.

Seminarda ishtirok etgan tuman va shahar hokimlari, tadbirkor va fermerlar “Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Yakkabog' tumani kengashi qoshida tashkil etilgan “Kitoblar uyi" hamda tuman “Yagona oyna" markazi faoliyati bilan tanishdi.

– Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarning takomillashtirilayotgani, ayniqsa, kichik biznes subyektlaridagi tekshirishlar yanada qisqartirilayotgani soha ravnaqida muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Dehqonobod tumani hokimi, senator Abdushukur Omonov. – Yakkabog'da tadbirkorlarga ko'maklashish, ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganiga guvoh bo'ldik. Bu kabi tashabbuslarni boshqa tumanlarda ham qo'llash yaxshi samara beradi. Shu ma'noda mazkur seminar barcha uchun foydali bo'ldi.

Tadbir doirasida tadbirkorlar Prezidentimizning 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga asosan investitsiya majburiyati evaziga “nol" qiymatida sotilishi mo'ljallangan obyektlar, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining ulushlari strategik xorijiy investorlarga sotilishi lozim bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari, ochiq savdolar orqali to'liq xususiy mulk qilib beriladigan obyektlar bilan ham tanishdi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ro'ziyev so'zga chiqdi.

Source: O'zA


Muvaffaqiyat
hikoyalari

Barcha maqolalar

Investitsiya
loyihalari

Barcha maqolalar

Amalga oshirilgan
loyihalar

Barcha maqolalar

Foto lavhalar