O'zbekiston yangiliklari
Tadbirlar kalendari
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
Oqsaroyda qabul
2015-06-03
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2-iyun kuni Oqsaroyda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari O'zbekiston-Turkmaniston hamkorligi ko'plab sohalarda izchil rivojlanib borayotganini ta'kidladi.
Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o'rinbosari O'zbekiston Prezidenti va xalqiga Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning samimiy salomi va hurmat-ehtiromini izhor etdi hamda Turkmaniston rahbariyati o'zaro aloqalarni mamlakatlarimiz va xalqlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga mos ravishda yanada yuksak bosqichga ko'tarishga tayyor ekanini bildirdi.
Suhbat chog'ida O'zbekiston bilan Turkmaniston o'rtasidagi serqirra munosabatlar bugun izchil rivojlanayotgani, bu hamkorlik barqarorligi va samaradorligi bilan muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stona munosabatlar o'zbek va turkman xalqlarining ko'p asrlik umumiy tarixi, mushtarak ma'naviy va madaniy qadriyatlari, yaqin qo'shnilik, o'zaro hurmat tamoyillari asosida muvaffaqiyatli rivojlanib bormoqda.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qo'shma sa'y-harakatlar bilan erishilayotgan natijalar o'zaro manfaatli sheriklikni ishonchli tarzda va izchil mustahkamlash uchun muhim asos bo'lib xizmat qilmoqda.
O'zaro tovar ayirboshlash hajmi jadal o'sib bormoqda. 2014-yil yakunlariga ko'ra, bu boradagi ko'rsatkich 410 million AQSh dollaridan oshdi, o'sish sur'ati 16,6 foizni tashkil etdi.
Mamlakatlarimiz qator global va mintaqaviy tuzilmalar doirasida xalqaro maydonda ham faol hamkorlik qilib kelmoqda.
Turkmaniston O'zbekistonning Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasiga amaldagi raisligini, shu jumladan, “Orol dengizi havzasidagi mamlakatlarga yordam ko'rsatish bo'yicha harakat dasturi"ning uchinchi bosqichi va BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasida rasmiy hujjat sifatida qabul qilingan «Orol dengizi qurishining oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo'yida ekotizimlar halokatining oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi» amalga oshirilishini qo'llab-quvvatlaydi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik boshqa masalalar yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
Source: O'zA
Muvaffaqiyat
hikoyalari
Yutuqlar tarixi
“Peng Sheng” qo'shma korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 24 iyundagi PQ-1139-sonli qaroriga asosan Xitoy davlati bilan xamkorlikda tashkil etilgan
Investitsiya
loyihalari
Investitsiya loyihalari samaralari
O'zbekiston Milliy matbuot markazida “O'zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni tomonidan farmatsevtika sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va istiqboldagi vazifalarga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.
Amalga oshirilgan
loyihalar
Barqarorlikni ta’minlash yo‘lida
Aholi o'rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga qiziqish tobora ortib bormoqda. Toshkent shahrida joriy yilning o'tgan davrida 3700 dan ortiq yangi tadbirkorlik subyektining ro'yxatga olingani buning dalilidir. Ayni vaqtda ularning oldidagi mavjud to'siq va g'ovlarni bartaraf etish korxonalar faoliyati barqarorligini ta'minlash va yanada rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.
Foto lavhalar